Bu usul areometr yoki zichlik o'lchagich yordamida amalga oshiriladi. Areometr bilan o'lchashda, uning rezinali surgichi siqilib, naychasi akkumulyator bankasiga tushiriladi. So'ngra surgichni bo'shatib, densimetr qalqib chiqquncha pipetkaga elektrolit tortiladi. Keyin naychani akkumulyatordan chiqarmasdan, mavjud haroratdagi zichlik o'lchanadi va 25 °C ga keltiriladi. Zichlik o'lchagich esa har xil massadagi qalqovichlar yordamida ishlaydi.